JAHON BANKINING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO MINTAQASI BO’YICHA VITSE-PREZIDENTI SIRIL MYULLER BILAN UCHRASHUV

19 iyul kuni Moliya vazirligida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov, rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’lib turgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo’yicha Vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi.

2017 yildan boshlab, Jahon banki iqtisodiy o’sish va fuqarolarning farovonligini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar dasturini amalga oshirish uchun moliyaviy va texnik yordamni sezilarli darajada oshirdi.

Bugungi kunda Jahon bankining O’zbekistondagi portfeli Evropa va Markaziy Osiyodagi uchta yirik kompaniyalardan biri sanaladi. U O’zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan 22 ta loyihadan iborat bo’lib, umumiy qiymati 4,08 milliard AQSh dollarni tashkil etadi. Mazkur loyihalar makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq va suv xo’jaligi, energetika va transport sohalarini, sog’liqni saqlash tizimini, ta’lim va ijtimoiy muhofazani, shahar infratuzilmasini, suv ta’minoti va sanitariya sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Jahon banki mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlaydi, deb ta’kidladi Siril Muller. U Jahon bankining islohot dasturiga moliyaviy va konsultativ yordamini ko’rsatishni davom ettirish maqsadini yana bir bor tasdiqladi.
Uchrashuv davomida, Jahon bankining O’zbekiston bilan iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorligini kengaytirish bo’yicha fikr almashildi.

Tomonlar 656,85 million AQSh dollari miqdorida kredit va grant kelishuvlarini imzoladilar. Ushbu mablag’lar Jahon bankining Direktorlar Kengashi tomonidan joriy yilning may-iyul oylarida tasdiqlangan edi. Belgilangan mablag’lar makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, maktabgacha ta’lim va ijtimoiy ta’minot tizimlarini rivojlantirishga, shuningdek, bozor iqtisodiyotining samarali ishlashi uchun zarur bo’lgan davlat institutlarining salohiyatini oshirishga yo’naltiriladi.

* Fotomateriallar O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *