Boshqarma haqida

1512148994695

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining maqsad va vazifalari quyidagi bir qancha muhim qonun hujjatlari bilan belgilangan:


           O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qarori;

         “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;

         O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007 yil 20 martdagi 53-son qarori.

           Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining asosiy maqsadlari etib belgilangan:

• zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda byudjet mablag‘lari maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish;
• barcha darajalardagi daromadlar va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish.

               Ushbu maqsadlarga erishish uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonun hujjatlari bilan G‘aznachilikka quyidagi asosiy vazifalar yuklangan:

• Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot tuzish;

• Davlat byudjeti mablag‘larini yagona g‘aznachilik hisobvarag‘i, shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta‘minlaydigan hududiy g‘aznachilik hisobvaraqlarini joriy etish orqali boshqarish;

• byudjet tashkilotlarining tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarini, shuningdek Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish bo‘yicha buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan summalar va maqsadlarga qat‘iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali byudjet tashkilotlarining maqsadga nomuvofiq, asossiz xarajatlarining oldini olish;


• byudjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yo‘naltiriladigan byudjet mablag‘laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta‘minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;

• xarajatlar smetasi va ro‘yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat‘iy summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisobvaraqlariga byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig‘i bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga so‘zsiz rioya etilishi ustidan ta‘sirchan nazoratni ta‘minlash;

• davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va muttasil yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narx belgilash jarayonini nazorat qilish;

• kichik biznes sub‘ektlari keng ishtirok etishini nazarda tutadigan davlat xaridlarini amalga oshirishda tanlov va tender tartibotlarini takomillashtirish va qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

• O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan barcha turdagi, shu jumladan nomoddiy shakldagi muruvvat yordami va texnikaviy ko‘maklashish vositalarining to‘liq hamda tizimli hisob-kitobini yuritish;

• Davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;

• G‘aznachilik davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi funktsiyasini amalga oshiradi.

 

Moliya vazirligi G’aznachiligi faoliyatning umumiy tavsifi

 

G‘aznachilikning tashkiliy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining Davlat byudjetining g‘azna ijrosi bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
            Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi Markaziy apparati tuzilmasiga bunday yirik boshqarmalardan biri Amaliyot boshqarmasi, Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi va Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tahlili va nazorati boshqarmasi singari boshqarmalar kiradi.
O‘z navbatida ushbu boshqarmalar tarkibiga bir qancha bo‘limlar kiradi.
           O‘z navbatida ushbu boshqarmalar tarkibiga bir qancha bo‘limlar kiradi.


a)Amaliyot boshqarmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

• yuridik majburiyatlarni ro‘yxatga olish va narxnavalarni monitoring olib borish bo‘limi;

• moliyaviy majburiyatlarni ro‘yxatga olish va to‘lovlarni amalga oshirish bo‘limi;

• mudofaa idoralari tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatga olish va to‘lovlarini amalga oshirish bo‘limi;

• huquq-tartibot tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatga olish va to‘lovlarini amalga oshirish bo‘limi;

• Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg‘armalarning yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ro‘yxatga olish bo‘limi;
• Hisob — kassa amaliyotlar bo‘limi;

• O‘zbekiston Respublikasiga kirib keladigan barcha turdagi gumanitar yordam va texnik ko‘mak vositalarning hisobi bo‘limi.

b) Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi tarkibida quyidagilar mavjud:

• byudjetning g‘azna ijrosi metodologiyasi bo‘limi;

• moliyaviy resurslarni boshqarish bo‘limi;

• ichki va tashqi qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘limi;

• davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo‘limi.

          v) Davlat byudjetining g‘azna ijrosini jamlanma tahlil qilish va nazorat qilish boshqarmasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

• Davlat byudjetining g‘azna ijrosini jamlanma tahlil qilish bo‘limi;

• G‘aznachilik operatsiyalarini nazorat qilish bo‘limi;

• Buxgalteriya hisobi va hisobotlari bo‘limi.

 

 

Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning bo’linmalarining tuzilmasi

 

            G‘aznachilik va uning bo‘linmalarining tuzilmasi G‘aznachilik rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

             G‘aznachilik rahbariyati o‘z xodimlari uchun ochiq eshiklar siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu har qanday xodim uchun uning bevosita rahbari o‘ziga bo‘ysunuvchini eshitishga va tegishli tarzda munosabat bildirishga majbur ekanligini anglatadi.

             Agar bevosita boshliq o‘ziga bo‘ysunadiganni tinglashni xohlamasa yoki tinglay olmasa, boshliqqa bo‘ysunuvchi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Kadrlar boshqarmasiga murojaat qilishi mumkin.

           Jamoada ishlash va barcha xodimlarning sa‘y-harakatlari muvaffaqiyatga erishish sharti hisoblanadi. G‘aznachilik xayrixohli o‘zaro munosabatlarni ma‘qullaydi va jamoada qulay ijtimoiy-siyosiy muhit saqlab qolinishiga ko‘maklashadi.

          Xodimlar o‘rtasidagi barcha kelishmovchiliklar ularning bevosita rahbari tomonidan yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Kadrlar boshqarmasining mutaxassislari bilan hamkorlikda hal etiladi.

           Qanday bo‘lmasin nizo uchinchi shaxslarga ma‘lum bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. G‘aznachilik xodimlari bir-birlari bilan tovush ohangini balandlatmasdan va bir-birining so‘zini bo‘lmasdan xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘ladilar.

           G‘aznachilik rahbariyati g‘oyalar, mulohazalar va har qanday takliflar va muammolar bilan murojaat qilgan xodimlarni rag‘batlantiradi.  b) Metodologiya, moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi tarkibida quyidagilar mavjud: 

Moliya vazirligi G’aznachiligining tashkil etilishi tarixi

 

G‘aznachilikni tashkil etish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002 yil 26 apreldagi 144-son qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004 yil 26 avgustda “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi G‘aznachilikning tashkil etilishida va Davlat byudetining g‘azna ijrosi joriy etilishida muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Qonun 2006 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirdi.


    Davlat byudjeti g‘azna ijrosining ayrim elementlarini tajriba shaklida joriy etish 2005 yil 1 iyundan boshlab Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida boshlandi.

 


Byudjetning g‘azna ijrosi elementlarini bosqichma-bosqich kengaytirish 6 mintaqada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari) 2006 yilda, qolgan mintaqalarda (Andijon, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida) 2007 yildan amalga oshirildi.

Ixtisoslashtirilgan moliya organi — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qarori asosida Respublikaning barcha mintaqalarida 2007 yildan boshlab tashkil etildi.